Markaziy Osiyoda atrof muhitni muhosaza qilish

Markaziy Osiyoda atrof muhitni muhosaza qilish

Abstrakt

“Markaziy Osiyoda atrof-muhitni muhofaza qilish: tabiiy ofatlar riskini fazoviy texnologiyalar yordamida boshqarish/yumshatish” loyihasi Erazmus + dasturi doirasida Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi. Loyiha (No 585382-EPP-1-2017-1-SE-EPPKA2-CBHE-JP) (2017-2493/001-001) Markaziy Osiyo oily ta’lim tizimidagi pedagog hodimlarning malakasini xalqaro darajada oshirishga qaratilgandir. Loyiha 2017 yilning oktyabr oyida boshlanib 2020 yilning shu oyida yakunlanadi.

Swetsiyaning Lund universiteti va Markaziy Osiyodagi hamkor oily ta’lim muassasalari tomonidan tashkillashtirilgan EPCA loyihasi jamiyat va mehnat bozori ehtiyojlarini geofazoviy usullar yoqdamida qanoatlantirishga qaratilgan muhim loyihadir.

Uch yilga mo’ljallangan bu lohiyaning asosiy maqsadi fazoviy tadqiqotlar va texnologiyalar orqali yuqoridagi mamlakatlarda tabiiy ofatlar riskini yumshatish va boshqarish malakasini, shu yo’nalishdagi amaliy tajribalar va bilimini oshirishga qaratilgan. Bu ishlar oily ta’lim tizimidagi mutaxassislarni nazariy, amaliy va texnologik imkoniyatlardan foydalanish qobiliyatini oshirish, ulardan foydalanish, hamda hamkor OTMlar, tashkilotlarni mavjud dasturiy va laboratoriya jixozlari bilan ta’minlash oqali amalgam oshiriladi. Shu bilan birga Markaziy Osiyoda yuqoridagi yo’nalishda malakaga ega bo’lgan kadrlarga ehtiyoj kattaligini alohida ta’kidlash zarurdir. To’g’ri tashkil qilingan tabiiy ofatlar riskini yumshatish ishlari jamiyat hayotini tabiiy va iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga katta turtki bo’ladi. Jamiyatning shu yo’nalishdagi bilimlari, mehnat bozorida o’z o’rniga ega bo’lgan oily ma’lumotli kadrlar O’zbekiston va Qirg’izistonning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi. Shu maqsadlarga erishish uchun Markaziy Osiyoning ikkita davlati bilan Yevropaning yetakchi universitetlarida barqaror hamda yuqori sifatli hamkorlikni ta’minlash bizning asosiy maqsadimizdir.

Kutilayotgan aloqalar orqali lohiyaning barcha hamkorlari o’zlarining tegishli o’quv dasturlari yangilaydilar. Yevropadagi hamkorlar Markaziy Osiyo talabalari uchun o’quv kurslarini talab darajasida va mukammal shaklda tayyorlaydilar. Ular bu orqali shu regiondagi ta’lim darajasini oshiradilar, xodimlarning ilmiy salohiyatini ko’taradilar. Bu kurslar atrof-muhitni muhofaza qilish va geoinformatika ilmiy yo’nalishlari nigizidagi pedagogk jihatdan yangi, jamiyat uchun zarur kurslar bo’lishi kutilmoqda. Shu sababli ham bu hamkorlik aloqalari har ikkila region davlatlari uchun ham zarurdir.

Loyihada yuqoridagi hamkor asosida 3 ta masofaviy o’quv kurslari taklif qilinadi. Ular Yevropa ittifoqining yuqori sifatli oily ta’lim standartlari asosida tayyorlanadi. Bu hamkorlikning yana bir maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqarishda masofadan ma’lumotlar olish va Yer yuzasini monitoring qilishga qartilgan universitetlararo ilmiy aloqalarni tiklashdir.

Close Menu